Salah Saudiya klublari bilan muzokara oʻtkazmadi

Salah Saudiya klublari bilan muzokara oʻtkazmadi

Salah Saudiya klublari bilan muzokara oʻtkazmadi
Mohamed Salah soʻnggi uchta \"Liverpul\" oʻyinida asosiy tarkibga kiritilmagani, ulardan ikki oʻyinida maydonga ham tushmagani ortidan bir nechta muhim bayonotlar berdi. Salah vaziyatdan norozi ekanini bildirar ekan, bu qishda boshqa jamoaga oʻtib ketishi mumkinligini ham maʼlum qildi.

Transfer News Live nashri va transfer olamining taniqli jurnalisti Fabrizio Romano xabariga koʻra, 33 yoshli Salah hali Saudiya Arabistoni klublari bilan hech qanday muzokaralar oʻtkazmagan. Shu bilan birga, avvalroq matbuotda Saudiya klublari Mohamed Salah transferini 2026-yilgacha moliyalashtirishga tayyor ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

\"Liverpul\" jamoasi shanba kuni safarda \"Lids\" bilan 3:3 hisobida durang oʻynadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.