Eshpiritu Santu: "Juda hafaman, gʻalabani qoʻldan boy berdik"

Eshpiritu Santu: "Juda hafaman, gʻalabani qoʻldan boy berdik"
Angliya Premyer-ligasining 15-turi doirasida "Brayton" va Londonning "Vest Xem" klublari oʻzaro durang oʻynadi – hisob 1:1. "Vest Xem" bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santu oʻyinni muhokama qilib, jamoasi gʻalabani qoʻldan chiqarganini aytib oʻtdi va bundan juda norozi ekanini bildirdi.

"Ha, menimcha, gʻalabani boy berdik. Birinchi boʻlimda yaxshi oʻynadik, gol urdik va raqibga oʻz oʻyinini koʻrsatishga imkon bermadik.

Oʻyinni yopishimiz kerak edi, ammo uddalay olmadik. Bu ustida hali ishlashimiz kerak.

Juda hafamiz. Faqat men emas, balki futbolchilar ham," dedi Santu BBC Sportga bergan intervyusida.

Hozirda "Vest Xem" APL turnir jadvalida 18-oʻrinni egallab turibdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.