Real Madridning 8 himoyachisi navbatdagi o‘yinni o‘tkazib yuboradi

Real Madridning 8 himoyachisi navbatdagi o‘yinni o‘tkazib yuboradi
Madridning "Real" jamoasi La Liga doirasidagi "Selta"ga qarshi o‘yinda 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchraganidan tashqari, bir qancha futbolchilarini yo‘qotdi. Eder Militao birinchi bo‘limdayoq jarohat oldi, tanaffusdan keyin esa Frans Garsiya va Alvaro Karrreras qizil kartochka olib maydondan chetlatildi.

Shunday qilib, "Real" himoya chizig‘ida jiddiy kadrlar muammosiga duch keldi. The Touchline nashri xabariga ko‘ra, jamoaning sakkiz nafar himoyachisi "Alaves"ga qarshi navbatdagi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.

Yuqorida tilga olingan uch nafar futbolchidan tashqari, Din Xoysen, Trent Aleksandr-Arnold, Dani Karvaxal, David Alaba va Ferlan Mendi ham maydonga tusha olmaydi. "Real Madrid"ning La Ligadagi "Alaves" bilan o‘yini 14-dekabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Bunga qadar, ya’ni 10-dekabr kuni Xabi Alonso shogirdlari Chempionlar Ligasi doirasida "Manchester Siti"ni o‘z maydonida qabul qiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.