Zaer-Emeri PSJ darvozabonlarini baholadi

Zaer-Emeri PSJ darvozabonlarini baholadi
PSJ yarim himoyachisi Uorren Zaer-Emeri kechagi Fransiya chempionati doirasida "Renna"ga qarshi o'yinda rossiyalik darvozabon Matvey Safonovning o'yini haqida o'z fikrlarini bildirdi. Parijliklar ushbu uchrashuvda 5:0 hisobida yirik g'alabaga erishdi.

"Bizning jamoamizda barcha darvozabonlar kuchli. Biz darvozabonlarimizdan faxrlanamiz.

Kim darvozabonlik qilishi muhim emas, biz har biriga ishonamiz. Darvozabonlarimiz o'z vazifalarini a'lo darajada bajarishmoqda", - dedi Zaer-Emeri fransuz matbuotiga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, bu o‘yin Safonov uchun 2025/2026 yilgi mavsumda PSJ tarkibidagi debyut uchrashuvi bo‘ldi. Safonov 2024 yil yozida "Krasnodar"dan PSJ klubiga o'tgan edi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.