Runi: Salah oʻz merosini barbod qilmoqda

Runi: Salah oʻz merosini barbod qilmoqda
Manchester Yunayted va Everton klublarining sobiq hujumchisi Ueyn Runi "Liverpul" yulduzi Muhammad Salah haqida oʻz fikrlarini bildirdi. "Salah klubdagi oʻz merosini barbod qilmoqda.

Hozirda u notoʻgʻri qarorlar qabul qilmoqda. Bosh murabbiy Slot bu vaziyatni yaxshilab tahlil qilishi kerak", - dedi ingliz futbolchisi Sky Sports nashriga.

Bundan avvalroq misrlik hujumchi "Liverpul"dagi holatidan norozi ekanligini maʼlum qilgan edi. Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida 33 yoshli Salah 13 oʻyinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.