"Bizning Qo‘mondon": De Laurentiis Konteni ko‘klarga ko‘tardi


Italiya chempionati 14-turi markaziy uchrashuvida \"Napoli\" Turinning \"Yuventus\" jamoasini magʻlub etib, klub prezidenti Aurelio de Laurentiisni xursand qildi. U bosh murabbiy Antonio Konteni \"qoʻmondon\" deb atab, uning futbolchilarini \"askarlari\" sifatida olqishladi.
\"Qanday ajoyib oqshom! Qanday jamoa!
Qanday muxlislar! Va bularning barchasining boshida bizning Qoʻmondon turibdi.
Forza Napoli!\" – deya de Laurentiisning soʻzlarini calcionapoli1926.it sayti keltiradi. Keyingi turda \"Napoli\" \"Udineze\"ga qarshi maydonga tushadi.
Hozircha esa \"qoʻmondon Konte\"ning jamoasi turnir jadvalidagi yetakchilikni qayta qoʻlga kiritdi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













