Konte: "Jamoamdan faxrlanaman"

Konte: "Jamoamdan faxrlanaman"
Italiya chempionatining oʻn toʻrtinchi turidagi markaziy oʻyinda "Napoli" oʻz uyida Antonio Konte sobiq jamoasi "Yuventus"ni magʻlubiyatga uchratdi. "Napoli" bosh murabbiyi Konte ushbu muvaffaqiyatdan juda mamnunligini bildirdi.

"Oʻyinchilarimni alohida tabriklayman. Ularga juda minnatdorman, jamoamdan faxrlanaman.

Yigitlarim oʻsdi, ular hozirgi vaziyatni yaxshi anglaydi va masʼuliyatni his qilishadi. Endi esa Chempionlar ligasidagi "Benfika"ga qarshi oʻyinga tayyorlanishimiz kerak", – dedi Konte calcionapoli1926.it nashriga bergan intervyusida.

Ushbu gʻalaba natijasida "Napoli" A Seriya turnir jadvalida yana birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.