Flik: Ayntraxt bilan o‘yin qiyin kechadi

Flik: Ayntraxt bilan o‘yin qiyin kechadi
Barselona bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Chempionlar Ligasi doirasidagi Ayntraxtga qarshi o‘tadigan uchrashuv haqida o‘z fikrlarini bildirdi. "Chempionlar Ligasida avvalgi natijalar ahamiyatga ega emas.

Ayntraxt – yaxshi jamoa, yosh, yuqori intensivlikda o‘ynaydi. Ular o‘z tizimlarini moslashtira oladi.

Agar biz eng yaxshi darajamizda harakat qilsak, g‘alaba qozonish imkoniyatimiz bo‘ladi. Lekin bu oson bo‘lmaydi.

Agar biz o‘z darajamizdan pastroq o‘ynasak, Ayntraxt bizga muammolar tug‘dirishi mumkin", – dedi Flik matbuot anjumanida. Hozirda Barselona Chempionlar Ligasi turnir jadvalida 18-o‘rinni egallab turibdi.

Flik jamoasi o‘tgan besh tur davomida yetti ochko jamg‘argan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.