2026 yilgi JCH o‘yinlari tanaffuslar bilan o‘tadi

FIFA 2026 yilgi Jahon chempionati o‘yinlari davomida futbolchilarga suv ichib nafas rostlash imkoniyatini taqdim etish uchun maxsus tanaffuslar joriy etilishini e’lon qildi. O‘yinlar birinchi bo‘limning 22-daqiqasida va ikkinchi bo‘limning 22-daqiqasida hakamlar tomonidan to‘xtatiladi.
Bu qaror futbolchilarning sog‘lig‘ini himoya qilish maqsadida qabul qilingan, chunki musobaqa ba’zi hollarda yuqori haroratli ob-havo sharoitida o‘tishi mumkin. Qiziqarli jihati shundaki, tanaffuslar stadionlarda konditsioner tizimi mavjudligidan yoki ob-havo haroratidan qat’i nazar, barcha o‘yinlarda amalga oshiriladi.
2026 yilgi Jahon chempionati AQSh, Kanada va Meksika mezbonligida bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqada amaldagi chempionlik kubogini Argentina terma jamoasi himoya qiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Bu qaror futbolchilarning sog‘lig‘ini himoya qilish maqsadida qabul qilingan, chunki musobaqa ba’zi hollarda yuqori haroratli ob-havo sharoitida o‘tishi mumkin. Qiziqarli jihati shundaki, tanaffuslar stadionlarda konditsioner tizimi mavjudligidan yoki ob-havo haroratidan qat’i nazar, barcha o‘yinlarda amalga oshiriladi.
2026 yilgi Jahon chempionati AQSh, Kanada va Meksika mezbonligida bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqada amaldagi chempionlik kubogini Argentina terma jamoasi himoya qiladi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













