Arsen Zaxaryan «Dinamo»ga qaytishi haqida fikr bildirildi

Arsen Zaxaryan «Dinamo»ga qaytishi haqida fikr bildirildi
Rossiyalik yarim himoyachi, hozirda «Real Sosedad» safida toʻp surayotgan Arsen Zaxaryanning agenti Gennadiy Golubin futbolchining Moskva «Dinamo»siga qaytishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi. «Dinamo»ga qaytish masalasi muhokama qilinmayapti.

Toʻgʻri, «Real Sosedad» uchun mavsum unchalik omadli boʻlmayapti, tarkibda katta oʻzgarishlar yuz bermoqda. Ammo hozircha qaytish haqida oʻylar yoʻq», – dedi agent «Sport-Ekspress» nashriga.

22 yoshli yarim himoyachi 2023-yil yozida Ispaniyaning «Real Sosedad» klubiga oʻtgan edi. Arsen Zaxaryanning ushbu klub bilan tuzgan shartnomasi 2029-yil iyun oyigacha amal qiladi.

Joriy mavsumda Zaxaryan 11 ta oʻyinda maydonga tushib, bir marta gol urishga muvaffaq boʻldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.