Richchining hissiyotlarga boy kechasi

Richchining hissiyotlarga boy kechasi
A Seriyaning o'n to'rtinchi turi doirasidagi so'nggi o'yinda "Milan" safarda "Torino"ni mag'lub etdi. Samuele Richchi uchun bu o'yin o'zining sobiq jamoasiga qarshi ilk uchrashuv bo'ldi, chunki u shu yilning yozida aynan "Torino"dan "Milan"ga o'tgandi.

U ushbu o'yindan olingan hissiyotlari haqida so'zlab berdi. "Bu juda hissiyotlarga boy kecha bo'ldi.

Men o'zim ulg'aygan stadionga qaytdim. Ko'plab do'stlarim bilan uchrashish imkoniyatiga ega bo'ldim.

"Torino" xodimlari bilan do'stona munosabatlarim saqlanib qolgan. Bu g'alaba bilan yakunlangan yoqimli kecha bo'ldi", - deya Richchining so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.

Italiya chempionatining navbatdagi turida "Milan" o'z maydonida "Sassuolo"ga qarshi to'p suradi. Uchrashuv 14-dekabr kuni bo'lib o'tadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.