Karvaxal hakamni qattiq tanqid qildi

Madridning "Real" klubi himoyachisi Daniyel Karvaxal "Selta"ga qarshi o'yinda hakamlikdan norozi bo'ldi. "Qirollik klubi" o'z maydonida 0:2 hisobida mag'lubiyatga uchradi.
O'yinning ikkinchi bo'limida Xabi Alonso jamoasi ikki futbolchini yo'qotdi: 64-daqiqada Fran Garsiya, 92-daqiqada esa Alvaro Kareras maydondan chetlatildi. Jarohati sabab maydonga tusha olmagan Karvaxal o'yinni chetdan kuzatar ekan, hakamga nisbatan o'z noroziligini keskin ifoda etdi: "Dastlab siz shunday hakamlik standartlarini belgilaysiz, keyin esa matbuot anjumanlarida yig'laysiz", – dedi 33 yoshli futbolchi hakamga o'yin yakunida.
Bu gaplarni The Touchline nashri hakam hisobotiga asoslanib keltirdi. "Real" La Liga turnir jadvalida yetakchi "Barselona"dan to'rt ochko ortda qolmoqda.
Hozirgacha 16 tur o'tkazilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!O'yinning ikkinchi bo'limida Xabi Alonso jamoasi ikki futbolchini yo'qotdi: 64-daqiqada Fran Garsiya, 92-daqiqada esa Alvaro Kareras maydondan chetlatildi. Jarohati sabab maydonga tusha olmagan Karvaxal o'yinni chetdan kuzatar ekan, hakamga nisbatan o'z noroziligini keskin ifoda etdi: "Dastlab siz shunday hakamlik standartlarini belgilaysiz, keyin esa matbuot anjumanlarida yig'laysiz", – dedi 33 yoshli futbolchi hakamga o'yin yakunida.
Bu gaplarni The Touchline nashri hakam hisobotiga asoslanib keltirdi. "Real" La Liga turnir jadvalida yetakchi "Barselona"dan to'rt ochko ortda qolmoqda.
Hozirgacha 16 tur o'tkazilgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













