Ispan jurnalisti Araujo Barselonada o‘ynamasligini aytdi

Ispan jurnalisti Araujo Barselonada o‘ynamasligini aytdi
Urugvaylik himoyachi Ronald Araujo endi 'Barselona' uchun o‘ynamaydi, deb ishonadi ispan jurnalisti Xunma Kastanyo. Bu fikrni u El Tertulion futbol telemarafoni davomida bildirdi.

'Araujo vaziyati ko‘rinishidan ko‘ra ancha og‘ir. Men uning umuman 'Barselona' safida yana maydonga tushishiga ishonmayman', dedi Kastanyo.

Eslatib o‘tamiz, urugvaylik futbolchi oxirgi paytlarda sababsiz qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yayotgani va jamoasini xavfli holatlarga solib qo‘yayotgani haqida gapirib o‘tdi. Ronald Araujo psixologik muammolar tufayli mazkur mavsumning muhim qismlarida o‘ynashga imkon topa olmayotganini ma’lum qilgan edi.

Araujo 2018 yilda 'Barselona' safida o‘ynashni boshlagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.