Kostakurtaning fikricha, penaltiga sabab yo‘q edi

Kostakurtaning fikricha, penaltiga sabab yo‘q edi
Italiyaning "Milan" klubi sobiq himoyachisi Alessandro Kostakurta "Inter"ni himoya qilib chiqdi. U Italiyada "Liverpul"ga qarshi o‘yinda shubhali penalti tufayli "Inter" adolatsiz mag‘lubiyatga uchragani haqidagi fikrlarni qo‘llab-quvvatladi.

Kostakurtaning aytishicha, penalti tayinlash sababi kulgili bo‘lgan. "Bu qanday penalti?

To‘g‘ri, reglamentga ko‘ra, buni penalti deb talqin qilish mumkin, lekin agar shunday qarorlar qabul qilinaversa, har bir o‘yinda 20 ta penalti tayinlashga to‘g‘ri keladi", - dedi Kostakurta fcinter1908.it saytiga bergan intervyusida. Evropaning eng nufuzli klublar o‘rtasidagi turnirining navbatdagi o‘yinida "Inter" yana bir ingliz klubi - "Arsenal"ga qarshi maydonga tushadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.