Uesli Fofana jiddiy jarohat oldi

Uesli Fofana jiddiy jarohat oldi
Chelsea markaziy himoyachisi Uesli Fofana Chempionlar ligasi doirasidagi Atalantaga qarshi o‘yinda jarohat oldi. Fransuz futbolchisi ikkinchi bo‘lim boshida maydonga tushdi, biroq 76-daqiqada bosh murabbiy Entso Mareska uni almashtirishga majbur bo‘ldi.

Mareskaning aytishicha, Fofananing ko‘zida muammo yuzaga kelgan va u deyarli ko‘ra olmagan. Murabbiy jarohatning jiddiyligini ta’kidlab, futbolchining shanba kuni maydonga tusha olishini umid qilayotganini bildirdi.

13-dekabr kuni Chelsea Angliya Premer-ligasining 16-turida o‘z maydonida Evertonni qabul qiladi. Atalantaga qarshi o‘yin esa londonliklarning 1:2 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.