Mario Balotelli A Seriya'dan taklif kutmoqda

Mario Balotelli A Seriya'dan taklif kutmoqda

Mario Balotelli A Seriya'dan taklif kutmoqda
Italiyalik futbol yulduzi Mario Balotelli o‘zining hozirgi faoliyati haqida gapirdi. Uning aytishicha, u hanuzgacha Seriya A klubidan taklif kutmoqda.

\"Men Breshiya shahridagi mahalliy jamoa bilan shug‘ullanmoqdaman. Seriya A\'dan taklif kutishda davom etyapman.

Hozircha bunday taklif bo‘lmadi. Futbolni tark etish niyatim yo‘q, bunday hissiyot hali paydo bo‘lmagan.

Hozir men kamdan-kam hollarda futbol ko‘raman, lekin menga shunday tuyulyaptiki, futbol oldingiga qaraganda jismoniyroq, texnik jihatdan esa zaiflashgan,\" – dedi Balotelli \"Pianetamilan.it\" nashriga bergan intervyusida. Eslatib o‘tamiz, Mario Balotelli ilgari \"Inter\", \"Milan\", \"Liverpul\" va \"Manchester Siti\" jamoalarida faoliyat olib borgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.