Rafinya Barselonadan ketmoqchi emas

Rafinya Barselonadan ketmoqchi emas

Rafinya Barselonadan ketmoqchi emas
Braziliyalik vinger Rafinya Dias \"Barselona\"ni Jahon chempionati – 2026dan keyin ham tark etmaydi. Bu haqda Diario Sport xabar bermoqda.

Saudiy Arabistoniga ko‘chib o‘tish haqidagi mish-mishlarga qaramay, Rafinya joriy mavsum yakunlanganidan so‘ng ham \"Barselona\"da qolishni rejalashtirgan. U jamoa va shaharni sevadi hamda Kataloniya klubida uzoq davom etishni xohlaydi.

Rafinya 2022 yilning yozida \"Barselona\"ga qo‘shilgan. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 12 o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta samarali uzatmani amalga oshirdi.

28 yoshli braziliyalik futbolchining \"Barselona\" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning iyunigacha mo‘ljallangan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.