PSJ Chempionlar Ligasida 10 yildan so‘ng 0:0 o‘ynadi


Chempionlar Ligasi guruh bosqichining oltinchi turida Parijning PSJ jamoasi Basklar yurtiga safar qilib, mahalliy Atletik bilan bahs olib bordi. Uchrashuvda g‘alaba qozonish uchun har ikki jamoa ham imkoniyat topa olmadi va o‘yinda hisob ochilmadi.
Mazkur o‘yin PSJ uchun Chempionlar Ligasi tarixidagi to‘rtinchi 0:0 hisobida yakunlangan uchrashuv bo‘ldi. Bungacha parijliklar oxirgi marta 2015-yilning oktabr oyida Madridning \"Real\" jamoasiga qarshi 0:0 hisobida durang o‘ynagan edi.
Eslatib o‘tamiz, PSJ Chempionlar Ligasining amaldagi g‘olibidir.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













