Yurgen Kloppni Madridning "Real" klubi bilan bog‘lashmoqda

Yurgen Kloppni Madridning "Real" klubi bilan bog‘lashmoqda
Xabi Alonsoga bosim kuchaymoqda, ayniqsa "Manchester Siti"ga Chempionlar Ligasi doirasida 1:2 hisobida yutqazganidan so‘ng. Matbuotda Madrid klubi bosh murabbiyini yaqin haftalarda ishdan bo‘shatmasligi haqida xabarlar tarqaldi, biroq jamoa natijalari yaxshilanmasa, "Real" rahbariyati bunday qarorga kelishi mumkin.

So‘nggi kunlarda "Real" klubini Yurgen Klopp bilan bog‘lashmoqda. The Sun nashri Defensa Centralga asoslanib, Kloppning "Red Bull" klubi bilan shartnomasida maxsus band borligini ma’lum qildi.

Bu bandga ko‘ra, agar kuchli klubdan taklif tushsa, Klopp jamoani tark etishi mumkin. Tabiiyki, "Real" bu ro‘yxatga kiradi.

Agar mazkur xabarlar haqiqat bo‘lsa, Madrid klubi Yurgen Kloppni hech qanday kompensatsiyasiz taklif qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.