Markizio: Ronaldu namunasi Messidan yaxshiroqdir

Markizio: Ronaldu namunasi Messidan yaxshiroqdir
Sobiq "Yuventus" futbolchisi Klaudio Markizio Krishtianu Ronaldu namunasini Lionel Messinikidan ustun qo‘yish kerakligini ta'kidladi. "Krishtianu Ronalduni o‘rnak qiling.

Buyuk chempion bo‘lish uchun Ronaldu namunasi bilan harakat qilish kerak, Messi bilan emas. Nega?

Chunki Ronaldu allaqachon yulduz edi, ammo u o‘z ustida yana ko‘proq ishlashi kerak bo‘ldi. U hozirgi darajaga yetish uchun juda ko‘p mehnat qildi.

Messi esa Xudo tomonidan berilgan iste'dod egasidir. Menimcha, unga umuman mashq qilish shart emas", – dedi Markizio La Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida.

Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi birgalikda 13 ta "Oltin to‘p" mukofotini qo‘lga kiritgan: Ronaldu – 5 marta, Messi esa 8 marta.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.