Erik Garsiya 'Barselona' bilan yangi shartnoma imzoladi

Erik Garsiya 'Barselona' bilan yangi shartnoma imzoladi
'Barselona' klubi yaqinda Erik Garsiya bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishganini e'lon qilgan edi. Payshanba kuni 24 yoshli futbolchi rasmiy ravishda shartnomaga imzo chekdi.

Bu haqda 'ko‘k-anorranglilar'ning rasmiy sayti xabar berdi. Shartnoma 2031 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.

Garsiya yangi shartnomani 'Barselona' prezidenti Joan Laporta, birinchi vitse-prezident Rafa Yuste va boshqa klub rahbariyati vakillari ishtirokida imzoladi. Shuningdek, futbolchining agenti va oilasi ham bu marosimda qatnashdi.

Erik Garsiya joriy mavsumda 'Barselona' safida uchta pozitsiyada – markaziy himoyachi, o‘ng qanot himoyachisi hamda tayanch zonada harakat qildi. 'Barselona'ning navbatdagi uchrashuvi shanba, 13 dekabr kuni La Liga doirasida 'Osasuna'ga qarshi bo‘lib o‘tadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.