Markizio Konte bilan ilk o‘yini haqida gapirdi

Markizio Konte bilan ilk o‘yini haqida gapirdi
Italiya milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi Klaudio Markizio Antonio Konte bosh murabbiy sifatida ilk o‘yinida uni qanday qilib yuqori haroratda ham maydonga chiqishga majbur qilgani haqida so‘zlab berdi. "Ha, mening tana haroratim 38,5 daraja edi.

Biz Barida Gollandiya bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazayotgan edik. Bu Kontening terma jamoa murabbiyi sifatidagi birinchi o‘yini edi.

Men tana harorati balandligi sababli o‘zimni yomon his qilardim. Tanaffusda unga aytdim: 'Antonio, men kasalman.' Ammo u menga: 'Senga maydonda qolish kerak,' dedi.

Biz o‘rtoqlik uchrashuvida 2:0 hisobida oldinda edik va men buni ta’kidlagan edim. Ammo shunga qaramay, u meni yana 15-20 daqiqa o‘ynashga majbur qildi," - deya Markizioning so‘zlarini La Gazzetta dello Sport nashri keltirdi.

Ma’lumot uchun, Markizio 2009-yildan 2017-yilgacha Italiya milliy terma jamoasi sharafini himoya qilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.