Aleksandr Mostovoy: "Real" mag‘lubiyatga loyiq emas edi

Aleksandr Mostovoy: "Real" mag‘lubiyatga loyiq emas edi
Sobiq futbolchi Aleksandr Mostovoy "Real" va "Manchester Siti" o‘rtasidagi Chempionlar Ligasi o‘yiniga o‘z munosabatini bildirdi. "Manchester Siti" Ispaniyada "Santyago Bernabeu" stadionida 2:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Mostovoyning fikriga ko‘ra, "Real"ning asosiy yetishmovchiligi Kiliyan Mbappe bo‘lgan. Shuningdek, Rossiya terma jamoasining sobiq futbolchisi "Manchester Siti"ning ushbu g‘alabasini adolatli deb hisoblamaydi.

"Men "Manchester Siti"ning adolatli g‘alaba qozonganini ayta olmayman. O‘yinning borishiga qaraganda, durang natija adolatliroq bo‘lardi.

"Real" ikkinchi bo‘limda "Siti"ga jiddiy bosim o‘tkazdi", - dedi Mostovoy "Chempionat" nashriga bergan intervyusida. Mazkur uchrashuvdagi barcha gollar birinchi bo‘limda kiritildi.

"Real" safida Rodrygo to‘purar bo‘lsa, "Manchester Siti" nomidan Nik O'Rayli va Erling Xoland gol urishdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.