Inter himoyachisi Acherbi maydonga qaytish muddatlari aniqlandi

Inter himoyachisi Acherbi maydonga qaytish muddatlari aniqlandi
Inter klubi himoyachisi Franchesko Acherbi Chempionlar ligasi doirasidagi "Liverpul"ga qarshi o‘yinda jarohat olib, birinchi bo‘limda maydonni tark etdi. Payshanba kuni Inter klubi futbolchining tibbiy ko‘rik natijalari haqida rasmiy bayonot berdi.

Unda Acherbining o‘ng son mushaklarida cho‘zilish aniqlangani ma’lum qilindi. Mashhur jurnalist Fabricio Romano o‘z saytida yozishicha, Acherbi kamida bir oy davomida maydonga tusha olmaydi.

Shunday qilib, himoyachi faqat keyingi yil futbolga qaytadi. Eslatib o‘tamiz, "Inter" o‘z maydonida "Liverpul"ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Jamoa navbatdagi o‘yinini 14-dekabr kuni Italiya chempionati doirasida "Jenoa"ga qarshi safarda o‘tkazadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.