Ukraina terma jamoasi Valensiyada o‘yin o‘tkazadi

Ukraina terma jamoasi Valensiyada o‘yin o‘tkazadi
Ukraina futbol assotsiatsiyasi (UFA) 2026-yilgi Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun pley-off uchrashuvlari qaerda o‘tkazilishini belgiladi. Ukraina terma jamoasi yarim finalda Shvetsiya bilan uchrashuvni Ispaniyaning Valensiya shahrida, "Levante" klubi uy stadioni bo‘lgan "Estadi Ciutat de València"da o‘tkazadi.

Stadion 26 354 tomoshabinni sig‘dira oladi. Agar ukrainalik futbolchilar shvedlarni mag‘lub etsa, ular shu stadionda Polsha va Albaniya o‘rtasidagi o‘yin g‘olibi bilan hal qiluvchi uchrashuvni o‘tkazishadi.

Ukraina terma jamoasi avvalgi uy uchrashuvlarini Polshada o‘tkazgan edi. Biroq, Polsha termasi bilan pley-off finalida to‘qnash kelish ehtimoli mavjud bo‘lgani sabab, Ukraina boshqa mamlakatni tanlab, rasmiy uy uchrashuvini mehmon o‘yinga aylantirmaslikka qaror qildi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.