Ronaldu Ruy Patrisiuni faoliyatini yakunlashi bilan tabrikladi


40 yoshli saudiyalik \"Al-Nasr\" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Portugaliya darvozaboni Ruy Patrisiuning 37 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunlash qaroriga munosabat bildirdi. \"Ruy, barchasi uchun rahmat!
Ajoyib faoliyating bilan seni tabriklayman\", deb yozdi Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda. Ruy Patrisiu Lissabonning \"Sporting\" klubi akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
U futbolchilik faoliyatida \"Roma\", \"Atalanta\", \"Vulverxempton\" va \"Al-Ayn\" klublarida o‘ynagan. Portugaliya milliy terma jamoasi tarkibida Patrisiu 108 ta o‘yinda maydonga tushib, 89 ta gol o‘tkazib yuborgan.
U Evropa chempionati va Millatlar ligasi g‘olibi sanaladi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













