Barselona 17 yoshli misrlik futbolchini kuzatmoqda

Barselona 17 yoshli misrlik futbolchini kuzatmoqda
Misrning "Al-Ahli" klubi markaziy hujumchisi Hamza Abdelkarim "Barselona" safiga qo‘shilishi mumkin. Bu haqda Diario Sport xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, "Barselona" sport direktori Deku 17 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasidagi Jahon chempionatidagi ajoyib o‘yinlari bilan ajralib turgan Abdelkarimni transfer qilish ustida ishlamoqda. Futbolchining o‘zi ham "Barselona"ga o‘tishga qiziqish bildirgan, biroq hozircha "Al-Ahli" o‘z iste’dodli o‘yinchisini qo‘yib yuborishni istamayapti.

Joriy mavsumda Abdelkarim "Al-Ahli" asosiy jamoasi safida faqat bitta o‘yinda ishtirok etgan va unda gol urishga muvaffaq bo‘la olmagan. Shuningdek, ma’lum bo‘lishicha, may oyida Myunxenning "Bavariya" klubi ham Abdelkarimga qiziqish bildirgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.