Mbappe va Yamal La Liganing eng qimmat futbolchilari

Mbappe va Yamal La Liganing eng qimmat futbolchilari
Juma kuni Transfermarkt portali Ispaniya La Ligasi futbolchilari uchun transfer qiymatlarini yangiladi. "Real Madrid" hujumchisi Kilian Mbappe narxi 20 million yevroga oshib, 200 million yevroga yetdi.

Bu bilan Mbappe "Barselona"ning iste’dodli vingeri Lamin Yamal bilan bir xil bahoga ega bo‘ldi. Yamalning qiymati ham 200 million yevro sifatida baholanmoqda.

Eng qimmat futbolchilar uchligida "Real Madrid"ning yana bir vakili Jud Bellingem ham bor. Uning transfer qiymati 20 million yevroga pasayib, hozirda 160 million yevroga baholanmoqda.

Top-10 ro‘yxatda yana quyidagi futbolchilar o‘rin olgan: Vinisius Junior (150 mln yevro), Pedri (140 mln), Federiko Valverde (120 mln), Xulian Alvares (100 mln), Arda Gyuler (90 mln), Rafinya (80 mln) va Pau Kubarsi (80 mln).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.