PSJ Marquinhosning holati haqida ma’lumot berdi

PSJ Marquinhosning holati haqida ma’lumot berdi
PSJ klubi jamoa himoyachisi Marquinhosning sog‘lig‘i haqida futbol ishqibozlari va keng jamoatchilikka ma’lumot berdi. Braziliyalik futbolchi Chempionlar Ligasi doirasidagi "Atletiko"ga qarshi o‘yinda (0:0 hisobida yakunlangan) birinchi bo‘limdan so‘ng almashtirilgan edi.

Rasmiy xabarga ko‘ra, Marquinhos o‘ng sonidagi mushak zo‘riqishi tufayli davolanish jarayonini o‘tkazmoqda. Fransiya chempionatining 15-turidan so‘ng PSJ turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Luis Enrike jamoasi "Lens"dan atigi bir ochko ortda qolmoqda. PSJ 13-dekabr, shanba kuni Liga 1 doirasida "Mets"ga qarshi safarda uchrashuv o‘tkazadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.