Flick Levandovski va Torres raqobatini ijobiy baholadi

Flick Levandovski va Torres raqobatini ijobiy baholadi
Barselona bosh murabbiyi Xans-Diter Flick jamoa ichidagi raqobat haqida fikr bildirdi. "Barselonada o‘ynayotganingda barcha turnirlar muhim ahamiyatga ega.

Torres va Levandovski o‘rtasidagi raqobat kabi ichki raqobatlar faqat ijobiy ta’sir qiladi. So‘nggi to‘rt-besh hafta davomida mashg‘ulotlarda ko‘rganlarimdan hayratdaman.

Ferran va Levandovski juda yaxshi ishlashmoqda. Oxirgi haftalarda mashg‘ulotlar darajasi ikki oy oldingiga nisbatan ancha yuqori.

Bunday darajada mashq qilganingda rivojlanish imkoniyati katta bo‘ladi. Shuning uchun mashg‘ulotlar nihoyatda muhim.

Ko‘rayotganlarimdan juda mamnunman", - dedi Flick jurnalistlarga. Shuningdek, 13-dekabr, shanba kuni Barselona o‘z maydonida Osasunaga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.