Xabi Alonso Rodrigoning o‘yinini ijobiy baholadi

Xabi Alonso Rodrigoning o‘yinini ijobiy baholadi
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso "Manchester Siti"ga qarshi o‘yinda (1:2) Rodrigo ko‘rsatgan o‘yin haqida fikr bildirdi. Braziliyalik futbolchi 28-daqiqada "Qirollik klubi"ni oldinga olib chiqqan bo‘lsa-da, g‘alaba mehmonlar tomonida qoldi.

"Rodrigoning o‘yini bugungi kechadagi eng ijobiy jihatlardan biri bo‘ldi, deb o‘ylayman. U nafaqat to‘p bilan, balki to‘psiz o‘yinlarda ham yaxshi harakat qildi.

Men Rodrigodan juda xursandman – bu gol uning uchun juda muhim edi. Bu vaqtdan boshlab u o‘z o‘yinini yanada yaxshilaydi.

Biz unga qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishimiz kerak", – dedi Alonso matbuot anjumanida. 24 yoshli vinger "Real" safida mart oyidan beri ilk bor gol urdi.

Uning golsiz seriyasi 32 o‘yinga cho‘zilgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.