Napoli Benfikaga yutqazdi: Ustalikka ishora qilindi

Napoli Benfikaga yutqazdi: Ustalikka ishora qilindi
Chempionlar ligasi guruh bosqichining oltinchi tur uchrashuvlari yakunlandi. Italiyaning Napoli jamoasi Benfika bilan o‘yinda 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Neapollik futbolchilar bu natijani charchoqqa bog‘lashmoqda. Jamoa himoyachisi Alessandro Buondjorno ham o‘z fikrlarini bildirdi.

"Uchrashuv oson bo‘lmasligini tushungan edik. Bizda energiya yetishmadi, ehtimol, qisqa vaqt ichida ko‘plab o‘yinlar o‘tkazganimiz sababli.

Raqib juda intensiv futbol ko‘rsatdi va umuman olganda, yaxshi o‘ynadi. Xato ustida ishlashni davom ettiramiz", – dedi Buondjorno calcionapoli1926.it nashriga.

Keyingi Chempionlar ligasi uchrashuvida Napoli Kopengagen jamoasi bilan safarda to‘qnash keladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.