Andres Inyesta yangi futbol loyihasini kutmoqda

Andres Inyesta yangi futbol loyihasini kutmoqda
Afsonaviy yarim himoyachi Andres Inyesta futbol bilan bog‘liq faoliyatini tark etganidan so‘ng, bu o‘yin uchun sog‘inchini bildirgan. Inyesta bir yilcha avval professional futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan keyin o‘z hayotini futbolsiz tasavvur qila olmasligini aytdi.

U maydondagi so‘nggi yillarini Yaponiyada o‘tkazgan. "Futbolsiz yashab bo‘lmaydi.

Uyda bolalarim ham doimo to‘p tepib yurishadi, shunday ekan, istasam-istamasam ham futbol bilan bog‘liqman. Hozir men o‘zimga ishonadigan jamoa bilan muhim va qiziqarli loyihani boshlashni kutyapman.

Bu payt tez orada keladi", – deya Marca nashri Inyestaning so‘zlarini keltiradi. Eslatib o‘tamiz, 2010 yilda Andres Inyesta Ispaniya terma jamoasi tarkibida Jahon chempioni bo‘lib, finalda Gollandiyaga qarshi bahsda yagona golni urgan edi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.