Lecce klubi afsonasi Karmelo Micheli vafot etdi

Lecce klubi afsonasi Karmelo Micheli vafot etdi
Italiyaning "Lecce" futbol klubida qayg‘uli kun. Klub tarixidagi muhim shaxs, Karmelo Micheli 67 yoshida infarkt sabab hayotdan ko‘z yumdi.

U o‘zining so‘nggi lahzalarini yo‘lda o‘tkazgan. Micheli "Lecce" safida 290 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

U klub uchun ham Italiya B Seriyasida, ham A Seriyasida o‘ynagan. 1985-yilda u "Lecce"ning Italiya futbolining eng yuqori divizioni – A Seriyaga tarixiy ravishda ilk bor chiqishida yetakchi ro‘l o‘ynagan.

O‘sha vaqtda Italiya ligasi dunyo futbolining eng kuchli chempionatlaridan biri sifatida tanilgan edi. Shuningdek, Micheli "Catanzaro" klubi safida ham o‘ynagan va murabbiylik faoliyatida ham o‘zini sinab ko‘rgan.

U Belgiyada "Union Saint-Gilloise" klubini boshqarib, xalqaro darajada murabbiylik qilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.