Krishtianu Ronaldu yangi 'Forsaj' filmida suratga tushadi

Krishtianu Ronaldu yangi 'Forsaj' filmida suratga tushadi
Mashhur amerikalik aktyor Vin Dizelning ma’lum qilishicha, portugaliyalik yulduz futbolchi Krishtianu Ronaldu yangi 'Forsaj' filmlaridan birida o‘z rolini ijro etadi. "Ko‘pchilik Krishtianu 'Forsaj'da bo‘ladimi yoki yo‘qmi, deb qiziqmoqda.

Shuni aytishim mumkinki, bu ro‘y beradi. Rinalduning alohida roli bo‘ladi", – deya izoh berdi aktyor o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida.

Hozirda 40 yoshda bo‘lgan Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonining 'Al-Nassr' klubida faoliyat olib bormoqda. 2025/2026 yilgi mavsumda u 10 ta uchrashuvda qatnashib, 10 ta gol urdi va bir marta golli uzatma berdi.

Hujumchining jamoa bilan tuzgan shartnomasi 2027 yil yozida yakunlanadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.