Mauro Ikardi Italiyaga qaytish uchun maoshini kamaytirishga rozilik berdi

Mauro Ikardi Italiyaga qaytish uchun maoshini kamaytirishga rozilik berdi
Mauro Ikardining Italiya futboliga qaytishi ehtimoli haqida avvalroq xabar berilgan edi. Futbolchi "Milan" jamoasiga o‘tish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, ammo bu transfer yo‘lida uning yuqori maoshi to‘siq bo‘lishi mumkin edi.

Turkiyada "Galatasaray" safida o‘ynayotgan Ikardi yiliga 11 million yevro maosh oladi. Italiya A Seriyasida bunday yuqori maoshlar odatda to‘lanmaydi, ammo Corriere della Sera gazetasining xabariga ko‘ra, Ikardi Italiyaga qaytish umidida maoshini pasaytirishga tayyor.

Hozircha aniq moliyaviy tafsilotlar oshkor qilinmagan. Ma’lumki, Mauro Ikardi 2013 yildan 2020 yilgacha "Inter" jamoasida o‘ynagan va u yerda yetti mavsumni o‘tkazgan.

Keyinchalik u uch yil davomida "PSJ" safida to‘p surdi va 2023 yilda "Galatasaray" jamoasiga o‘tdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.