Sergio Ramos jahon chempionatida ishtirok etishni xohlamoqda

Real Madrid klubiga yaqin jurnalist Fernando Evangelio himoyachi Sergio Ramosning kelajagi haqida fikr bildirdi. Avvalroq, 39 yoshli Ramosning 2026 yilgi Jahon chempionatida Ispaniya terma jamoasi tarkibida ishtirok etishni istayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
"Ha, Ramos haqiqatan ham Jahon chempionatida ishtirok etishni va faoliyatini yuqori darajada yakunlashni xohlamoqda. U yaxshi jismoniy formada va muntazam ravishda mashg‘ulot o‘tkazmoqda.
Uning Madridga qaytishini tasavvur qilmayman, lekin Angliyaga ketishiga ham ishonmayman. Ehtimol, u Ispaniyaning biror klubiga qo‘shilib, diqqat markazida bo‘lishni davom ettiradi", – dedi Evangelio "Evro-Futbol.ru" nashri bilan suhbatda.
Sergio Ramos yaqinda Meksikaning "Monterrey" klubini tark etishini e’lon qilgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!"Ha, Ramos haqiqatan ham Jahon chempionatida ishtirok etishni va faoliyatini yuqori darajada yakunlashni xohlamoqda. U yaxshi jismoniy formada va muntazam ravishda mashg‘ulot o‘tkazmoqda.
Uning Madridga qaytishini tasavvur qilmayman, lekin Angliyaga ketishiga ham ishonmayman. Ehtimol, u Ispaniyaning biror klubiga qo‘shilib, diqqat markazida bo‘lishni davom ettiradi", – dedi Evangelio "Evro-Futbol.ru" nashri bilan suhbatda.
Sergio Ramos yaqinda Meksikaning "Monterrey" klubini tark etishini e’lon qilgan edi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













