Arteta “Vulverxempton” ustidan og'ir g'alabani izohladi

Arteta “Vulverxempton” ustidan og'ir g'alabani izohladi
Londonning “Arsenal” klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta “Vulverxempton”ga qarshi uchrashuvdan keyin (2:1) o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi. “Kanonyerlar” 70-daqiqada raqib futbolchisining o'z darvozasiga yo'llagan to'pi evaziga hisobda oldinga chiqdi.

Biroq 90-daqiqada “bo'rilar” hisobni tenglashtirdi. Bellashuv taqdiri qo'shib berilgan vaqtda hal bo'ldi: 94-daqiqada mezbonlarga yana avtogol yordam berdi.

“Bu haqiqiy ‘amerikancha tepaliklar’ga o'xshash o'yin bo'ldi. Uchrashuv davomida biz “Vulverxempton”ga umid uyg'otib qo'ydik, natijada tempni oshirishimiz va ko'proq tavakkal qilishimizga to'g'ri keldi.

Birinchi goldan keyin biroz vaqt juda sust o'ynadik, himoyada keragidan ortiq chuqur joylashdik. O'yin oxirida futbolchilarning reaksiyasidan mamnunman, ammo bugun yetarli darajada yaxshi harakat qilmadik.

Eng muhimi, baribir g'alaba qozonish yo'lini topdik, lekin ishlashimiz kerak bo'lgan jihatlar bor”, — deya Artetaning so'zlarini BBC keltiradi. “Arsenal” APL turnir jadvalida 36 ochko bilan peshqadam.

“Manchester Siti” bir o'yini zaxirada bo'la turib, 5 ochkoga ortda bormoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.