Safonov PSJning navbatdagi o'yinida zaxirada qolishi mumkin

Safonov PSJning navbatdagi o'yinida zaxirada qolishi mumkin
L'Equipe nashri jurnalisti Loik Tanzi PSJ darvozaboni Matvey Safonovning Liga 1 16-turida «Mets»ga qarshi kechgan uchrashuvdagi o'yinini baholadi. Rossiyalik posbon ikki gol o'tkazib yubordi, biroq parijliklar 3:2 hisobida g'alaba qozondi.

Tanzi so'zlariga ko'ra, Safonov o‘tkazib yuborilgan ikki gol uchun aybdor emas va umuman olganda yaxshi o‘yin ko‘rsatgan. Shunga qaramay, jurnalist keyingi uchrashuvda Safonov asosiy tarkibda maydonga tushishiga ishonchi komil emasligini ta’kidladi.

Bu fikrni «Sport-Ekspress» keltirdi. Joriy mavsumda Safonov PSJ safida uchta o'yinda maydonga tushib, ikki gol o'tkazib yuborgan.

Klubning asosiy darvozaboni Lyuka Shevale jarohati sabab ushbu bahslarda o'ynamagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.