“Nitstsa” 2025 yilda 24-maglubiyatini qayd etdi

“Nitstsa” 2025 yilda 24-maglubiyatini qayd etdi
Fransiya chempionatining 16-turida “Nitstsa” navbatdagi maglubiyatga uchradi. Jamoa turnir peshqadami “Lans”ga 0:2 hisobida yutqazdi.

Bu natija “burgutchalar” uchun 2025 yil davomida, barcha musobaqalarni hisobga olganda, 24-maglubiyat bo'ldi. “Nitstsa” so'nggi qariyb 40 yilda bunday omadsiz mavsumni boshdan kechirmagan: 1987 yilda ham klub yil yakunida 24 uchrashuvda yutqazgan edi.

“Nitstsa” keyingi o'yinini Fransiya kubogi 1/32 final bosqichida “Sent-Etyen”ga qarshi o'tkazadi. Chempionatda esa jamoa 13-o'ringa tushib ketdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.