Marsel va Monako uchrashuvi muxlislar sabab kechiktirildi

Marsel va Monako uchrashuvi muxlislar sabab kechiktirildi
Fransiya Liga 1 16-turida "Marsel" va "Monako" o'rtasidagi uchrashuv boshlanishi 10 daqiqadan ko'proq vaqtga kechiktirildi. Bunga "Velodrom" stadionini qoplab olgan qalin tutun sabab bo'ldi.

Mezbonlar muxlislari pirotexnika namoyishi uyushtirganidan so'ng arena ustida tutun pardasi hosil bo'ldi. Hakamlar xavfsizlik va ko'rinish tiklanishini kutib, o'yinni belgilangan vaqtdan keyin boshlashga qaror qildi.

15 turdan so'ng "Marsel" 29 ochko bilan turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda. "Monako" hisobida 23 ochko bor va jamoa to'qqizinchi pog'onani egallab turibdi.

Shuningdek, "Monako"ning rossiyalik yarim himoyachisi Aleksandr Golovin uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi. Mazkur bahs 16-tur dasturini yakunlaydi.

O'yin natijasiga ko'ra, "Marsel" kuchlilar uchligiga qaytishi, "Monako" esa yettinchi o'ringa ko'tarilishi mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.