Manchester Siti mudofaa chizig'i uchun Mark Gehini tanladi

Manchester Siti mudofaa chizig'i uchun Mark Gehini tanladi
Manchester Siti mudofaa chizig'ini yangilashga hozirlik ko'rmoqda. The Times xabariga ko'ra, “shaharliklar” qayta qurish jarayonida “Kristal Pelas”ning markaziy himoyachisi Mark Gehini asosiy nomzod sifatida belgilagan.

Manbada ta'kidlanishicha, Siti Gehini so'nggi mavsumlar davomida kuzatib kelgan. Yozda 25 yoshli himoyachini erkin agent sifatida qo'lga kiritish mumkin bo'ladi: uning “Kristal Pelas” bilan amaldagi shartnomasi mavsum yakuniga qadar mo'ljallangan.

Ayni paytda Manchester Siti Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. Xosep Gvardiola jamoasi peshqadam “Arsenal”dan ikki ochko ortda qolmoqda — 34 ochko, 36 ochkoga qarshi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.