Luis Karrion «Oviedo»dagi eng omadsiz startni takrorladi

Luis Karrion «Oviedo»dagi eng omadsiz startni takrorladi
Italiya chempionatining 16-turida «Oviedo» navbatdagi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Jamoa «Sevilya»dan 0:4 hisobida yengildi.

Mavsum davomida «Oviedo» bosh murabbiyligiga tayinlangan Luis Karrion uchun bu klub boshqaruvidagi ketma-ket sakkizinchi o'yin bo'lib, unda u g'alaba qozona olmadi. Ushbu seriyada «Oviedo» to'rt bor durang o'ynadi va yana to'rt marta mag'lub bo'ldi.

Bu ko'rsatkich Asturias klubi tarixida murabbiy uchun eng omadsiz debyutlardan biri hisoblanadi. So'nggi marta 1941 yilda Oskar Alvares ham «Oviedo»dagi dastlabki sakkiz uchrashuvda g'alaba qozona olmagan: ikki durang va olti mag'lubiyat.

Keyingi turda «Oviedo» «Selta»ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 20 dekabr kuni bo'lib o'tadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.