Manchini: Roma birinchi bo'limda to'liq ustunlik qildi

Manchini: Roma birinchi bo'limda to'liq ustunlik qildi
Italiya A Seriyasining navbatdagi turidagi so'nggi uchrashuvda “Roma” “Como”ni 1:0 hisobida mag'lub etdi. Bellashuvdagi yagona gol ikkinchi bo'limda kiritildi.

O'yindan so'ng rimliklar himoyachisi Janluka Manchini jamoasining ustunligini ta'kidladi. “Biz ustun o'ynadik, ayniqsa birinchi bo'limda.

O'ylaymanki, “Como” anchadan beri to'pga bu qadar kam egalik qilmagan. Faqat bitta gol urgan bo'lsak-da, g'alaba adolatli bo'ldi.

Biz imkoniyatlar yaratdik, “Como” esa yo'q”, — deya Manchinining so'zlarini forzaroma.info keltiradi. “Roma” A Seriyadagi keyingi uchrashuvini shanba, 20-dekabr kuni Turinning “Yuventus”iga qarshi o'tkazadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.