Enzo Mareska «Chelsi»dan ketishga qarshi emas

Enzo Mareska «Chelsi»dan ketishga qarshi emas
Londonning «Chelsi» klubi bosh murabbiyi Enzo Mareska jamoani tark etishi mumkin. Topskills Sports UK xabariga ko'ra, klub rahbariyati u bilan xayrlashish haqida qaror qabul qilsa, mutaxassis bunga e'tiroz bildirmaydi.

Manbada ta'kidlanishicha, hozirda murabbiy va rahbariyat o'rtasida transfer siyosati borasidagi kelishmovchiliklar sababli jiddiy taranglik yuzaga kelgan. Xususan, Mareska «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Kobbi Maynuni xarid qilishni so'ragan, biroq klub bu taklifni rad etgan.

Avvalroq Mareskaning «Chelsi»dagi ehtimoliy o'rinbosari kim bo'lishi mumkinligi haqida ma'lumotlar ham paydo bo'lgan. Kadrlar o'zgarishi yanvar oyida amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

Ayni paytda APLning 16-turidan so'ng «ko'klar» 28 ochko bilan turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.