Aleksey Prudnikov Safonov va Zabarnyy munosabatini izohladi

Aleksey Prudnikov Safonov va Zabarnyy munosabatini izohladi
Moskvaning «Spartak» klubi sobiq darvozaboni Aleksey Prudnikov «PSJ» posboni Matvey Safonov hamda parijliklar himoyachisi Ilya Zabarnyy o'rtasida go'yoki kelishmovchilik borligi haqidagi gap-so'zlarga munosabat bildirdi. Prudnikovning ta'kidlashicha, bu kabi mish-mishlar real asosga ega emas va media makonida sun'iy ravishda bo'rttirilmoqda.

U professional futbolda futbolchilar millatiga qarab ajratilmasligini, jamoa a'zolari har kuni birga mashg'ulot o'tkazib, maydonga tushishini, bunday jihatlarga ortiqcha urg'u berilmasligini qayd etdi. «Zabarnyy bilan bo'lishi mumkin bo'lgan mojaro — bularning hammasi uydirma.

Jurnalistlarga shov-shuv kerak, olovga moy sepib, nashrlarini ilgari surishadi. Sportda kim bilan o'ynashingning farqi yo'q.

Safonov bilan Zabarnyy bir jamoada-ku, axir. Ularning munosabati normal, ular birga o'ynashyapti», — deya Prudnikovning so'zlarini «Sovetskiy sport» nashri keltiradi.

Joriy mavsumda Safonov «PSJ» safida 3 o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol o'tkazib yubordi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.