Pau Kubarsi Barselona safidagi 100-o'yinini izohladi

Pau Kubarsi Barselona safidagi 100-o'yinini izohladi
Barselona markaziy himoyachisi Pau Kubarsi klub safidagi 100-o'yinini o'tkazdi. 18 yoshli futbolchi Ispaniya kubogi 1/16 finalida Deportivo Gvadalaxaraga qarshi bahsda ikkinchi bo'lim boshlanishi arafasida maydonga tushdi.

Seshanba kuni bo'lib o'tgan uchrashuvda kataloniyaliklar 2:0 hisobida g'alaba qozondi. "Butun umrimdagi klubim uchun 100 ta o'yin.

Umid qilamanki, bu yerda yana ko'plab uchrashuvlar o'tkazaman. Bu ajoyib.

Davomini intiqlik bilan kutyapman", dedi Kubarsi jurnalistlar bilan suhbatda. Keyingi bosqich yo'llanmasini Hans-Diter Flik jamoasiga Andreas Kristensen va Markus Reshfordning 76 va 90-daqiqalarda urgan gollari taqdim etdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.