Kay Haverts dekabr oxirigacha maydonga qaytishni maqsad qilgan

Kay Haverts dekabr oxirigacha maydonga qaytishni maqsad qilgan
«Arsenal» hujumchisi Kay Haverts joriy yil yakuniga qadar safga qaytishni qat'iy maqsad qilgan. Bu haqda HandofArsenal xabar berdi.

Manbaga ko'ra, 26 yoshli futbolchi dekabr oxirigacha maydonda ko'rinish berish uchun faol harakat qilmoqda. Biroq uning qaytish muddati organizmning tiklanishiga bog'liq bo'ladi va klub shoshilinch qaror qabul qilishni istamayapti.

Qayd etilishicha, Havertsning reabilitatsiya jarayoni mutaxassislar tomonidan sinchkov nazorat ostida olib borilmoqda. Shu bilan birga, klubda nemis futbolchisining muddatidan avval qaytishi borasida ehtiyotkor optimizm saqlanib qolgan.

Haverts joriy mavsumda Angliya Premer-ligasining 1-turida «Manchester Yunayted»ga qarshi uchrashuvda (1:0) maydonga tushgan, xolos. Shundan buyon u tizzasidagi jarohatni davolamoqda.

Yil oxirigacha «Arsenal» «Everton», «Kristal Pelas», «Brayton» va «Aston Villa»ga qarshi o'yin o'tkazadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.