Andreas Kristensen kelajagi borasida APLdan qiziqish bor

Andreas Kristensen kelajagi borasida APLdan qiziqish bor
Andreas Kristensenning kelajagi borasida hanuz aniq qaror yo'q. Daniyalik himoyachining “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi mavsum yakuniga qadar tuzilgan.

FIFA qoidalariga ko'ra, ikki haftadan so'ng Kristensen boshqa mamlakat klublari bilan erkin muzokara olib borishi va hatto dastlabki shartnoma imzolashi ham mumkin. AS nashrining yozishicha, “Barselona” Kristensenning professionalligini yuqori baholaydi, biroq unga yangi shartnoma taklif qilishga shoshilmayapti.

Kataloniyaliklar faollik ko'rsatmayotgani esa boshqa klublar uchun imkoniyat ochmoqda. Xususan, futbolchi Angliyaga qaytishi ehtimoli bor: “Nyukasl” uni anchadan beri kuzatib kelmoqda.

Manbaga ko'ra, 29 yoshli Kristensenni Saudiya Arabistonining moliyaviy imkoniyati yuqori klublari ham o'z safiga qo'shib olishga urinishi mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.