Turkiya Superligasida bu mavsum 12 murabbiy iste'foga chiqarildi

Turkiya Superligasida mavsum davomida 18 klubdan 12 tasida bosh murabbiylar almashdi. Trendyol Superlig e'lon qilgan bu raqam mahalliy klublar rahbariyatining sabri qanchalik qisqa ekanini yaqqol ko'rsatadi.
Ishidan bo'shatilgan mutaxassislar orasida portugaliyalik Joze Mourinyo ham bor. U keyinchalik "Fenerbahche"dan "Benfika"ga o'tdi.
Shuningdek, "Beshiktosh"dan bo'shatilgan norvegiyalik Ule Gunnar Sulsher hozircha yangi ish topgani yo'q. Ayni paytda "Fenerbahche" chempionatda ikkinchi, "Beshiktosh" esa beshinchi o'rinda bormoqda.
Qayd etilishicha, ishdan olingan murabbiylar o'rniga tayinlangan 12 mutaxassisning uchtasi ham ko'p o'tmay lavozimini tark etgan. Mavsum oxirigacha qancha murabbiy o'z o'rnini saqlab qola olishi hozircha noma'lum.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Ishidan bo'shatilgan mutaxassislar orasida portugaliyalik Joze Mourinyo ham bor. U keyinchalik "Fenerbahche"dan "Benfika"ga o'tdi.
Shuningdek, "Beshiktosh"dan bo'shatilgan norvegiyalik Ule Gunnar Sulsher hozircha yangi ish topgani yo'q. Ayni paytda "Fenerbahche" chempionatda ikkinchi, "Beshiktosh" esa beshinchi o'rinda bormoqda.
Qayd etilishicha, ishdan olingan murabbiylar o'rniga tayinlangan 12 mutaxassisning uchtasi ham ko'p o'tmay lavozimini tark etgan. Mavsum oxirigacha qancha murabbiy o'z o'rnini saqlab qola olishi hozircha noma'lum.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













